Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va Yoshlar kuni munosabati bilan filial direktori N.Yuldashov boshchiligida va mutasaddi tizim vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari savdosi va kiberxavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
 

Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy masalalar:
• yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi profilaktika va targʻibot ishlari samaradorligini oshirish;
• onlayn maydondagi salbiy kontent va kiber tahdidlarga qarshi choralarni ko‘rish hamda talabalar va xodimlarning kiberxavfsizligini taʼminlash.



Uchrashuv yakunida aniq vazifalar belgilab olindi va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi: targʻibot-materiallar tayyorlash, monitoring mexanizmini yo‘lga qo‘yish va tezkor maʼlumot almashinuvi tizimini tashkil etish. Uchrashuv yakunida giyohvandlikka qarshi kurashish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha reja va tavsiyalar ishlab chiqildi.