Magistrantlarning dissertatsiya himoyalari yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlandi

Magistrantlarning dissertatsiya himoyalari yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlandi

"Veterinariya jarrohligi" hamda "Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi" mutaxassisliklari magistrantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, olingan natijalarning ishlab chiqarishga joriy etilish darajasi hamda taklif etilayotgan innovatsion yechimlarning dolzarbligi atroflicha tahlil qilindi.
Himoya yakunlariga ko‘ra, barcha magistrantlar o‘z mavzularini yuqori akademik darajada yoritib berganliklari hamda savol-javoblar jarayonida chuqur bilim va kasbiy kompetensiyalarini namoyish etganliklari uchun komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan "a’lo" baholar bilan baholandi. Magistrantlarga tegishli magistr akademik darajasini berish yuzasidan komissiyaning yakuniy qarori qabul qilindi.