Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“Bugungi ekologik sharoitda chorvachilik va veterinariya sohasining dolzarb muammolari hamda ularni innovatsion yechimlar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya chorvachilik va veterinariya sohalarida mavjud dolzarb muammolarni muhokama qilish, ekologik omillarning tarmoq rivojiga ta’sirini o‘rganish hamda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar asosida istiqbolli yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.

Tadbirda respublikamizning oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, soha olimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida chorvachilikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, zamonaviy biotexnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.