Veterinariya meditsinasi fakultetida yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda

Veterinariya meditsinasi fakultetida yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda

Ayni kunlarda Veterinariya meditsinasi fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
 

Mazkur jarayon talabalarning besh yillik o‘quv rejalarida belgilangan fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash hamda ularning ixtisoslik bo‘yicha amaliy va nazariy tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan.



Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibi sohaning yetuk olimlari va mutaxassislaridan tashkil topgan bo‘lib, jarayonlar belgilangan tartib asosida, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Sinovlar yakunida talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tegishli malaka darajasini berish yuzasidan xulosalar qilinadi.