- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 173-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali talabalari “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan qahramonlik va matonat namunalarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Muzey ekspozitsiyalari bilan tanishish davomida talabalar urush yillarida front ortida mehnat qilgan vatandoshlarimiz, jang maydonlarida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarimiz hamda o‘sha davrning og‘ir hayoti aks etgan nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Talaba-yoshlar ongida bugungi tinch va osuda kunlarning qadriga yetish hamda ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.