- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
"Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik" hamda "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedralari professor-o‘qituvchilari Sh.Kenjaboyev, B.Ramazonov, I.Maxmatqulovlar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 301 va 307-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, bo‘lajak bitiruvchi o‘quvchilar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.
O‘quvchilarga universitetning mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari, yaratilgan moddiy-texnik baza, talabalar hayoti va bitiruvchilar uchun yaratilgan kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, Biotexnologiya, ekologiya, o‘rmonchilik hamda tillarni o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbolli kasblar haqida tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvlar o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ularning ko‘plab savollariga o‘qituvchilar tomonidan atroflicha javob berildi.