- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar va aziz talaba-yoshlar!
Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda biz, avvalo, bugungi tinch-osuda kunlarimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini ehtirom bilan yodga olamiz. Olovli janglarda qahramonlik ko‘rsatgan faxriylarimiz, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan nuroniylarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Ularning ko‘rsatgan jasorati va matonati biz uchun hamisha yuksak ibrat maktabi bo‘lib qoladi.
Aziz yoshlar!
Siz — mustaqil yurtning baxtli farzandlarisiz. Ajdodlarimiz orzu qilgan hurlikni, tinchlikni asrab-avaylash, ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan bilim olish va mehnat qilish sizning muqaddas burchingizdir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik tilayman. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Hurmat va ehtirom bilan,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori, professor
Yuldashov Nurbek Ergashovich