- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filialda ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchi yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kalandarova Gulbahor Matyakubovna tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish uchun "Wool Teks Inter" MCHJ rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida korxona rahbari talabalarga zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlari hamda sohadagi bugungi talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kelgusida filial va "Wool Teks Inter" MCHJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini ushbu korxonada o‘tashlarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.