- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Mamlakatimizda joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilinganligi munosabati bilan, sohada profilaktik tadbirlar jadallashtirildi. Filialning Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari Andijon viloyatiga amaliyotga yuborildi.
Amaliyot davomida bo‘lajak mutaxassislar viloyatdagi yirik chorvachilik xo‘jaliklari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan sanitariya va epidemiya-gigiyena tadbirlarida bevosita ishtirok etadilar. Talabalar hayvonlarni emlash, chorvachilik binolarini dezinfeksiya qilish hamda epizootik barqarorlikni ta’minlash jarayonlarini amaliyotda o‘rganib, nazariy bilimlarini mustahkamlamoqdalar.
Ushbu amaliyot yosh veterinarlarning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, “oylik” doirasida belgilangan vazifalarni samarali ijro etishda muhim yordamchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.