- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Iqtisodiyot fakulteti 24-54-sonli kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun "Iqtisodiyot va biznes" fani doirasida qiziqarli va amaliy ahamiyatga ega mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Dars davomida D. Abdukarimov tomonidan "Biznes reja tuzish samaradorligi" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Taqdimotda asosiy e’tibor mashhur "Evos" kompaniyasi misolida biznes rejaning iqtisodiy samaradorligiga qaratildi. Ma’ruzachi talabalarga kunlik daromad tahlili va ularni oylik jadval asosida hisoblash metodikasini ko‘rsatib berdi.
Ayniqsa, talabalar uchun o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishni tashkil etish masalasi katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimotda bir nafar talaba kuniga 150 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha daromad topishi mumkinligi aniq iqtisodiy raqamlar bilan asoslab berildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.