- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filialda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari uchun Toshkent shahar Chilonzor tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — bo‘lajak mutaxassislarni tuman miqyosidagi veterinariya xizmatining tuzilishi, ish yuritish tartibi va bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Sohaning tajribali mutaxassislari talabalarga veterinariya vrachining kundalik vazifalari, epizootik barqarorlikni ta’minlash choralari va zamonaviy davolash usullari haqida so‘zlab berdilar.