Xalqaro hamkorlik: Toshkent filialida Qozog‘istonlik olima bilan uchrashuv va yangi kelishuvlar

Xalqaro hamkorlik: Toshkent filialida Qozog‘istonlik olima bilan uchrashuv va yangi kelishuvlar

Filialda xalqaro ilmiy-amaliy aloqalarni kengaytirish maqsadida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Tulemetova Seysenkul Ertayevna tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida filial direktori, professor N.Yuldashov hamda sohaning yetuk professor-o‘qituvchilari ishtirokida muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar ta’lim sohasida mutaxassislikka yo‘naltirilgan ilmiy jarayonlarning nazariy va amaliy integratsiyasini rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar

Muzokaralar yakunida kelajakda veterinariya va qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlari salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. 


Foydali manzillar