- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filialda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida ma’rifiy-profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, filial rahbariyati va talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutaxassislar bezorilik va qasddan tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlarning huquqiy oqibatlari, buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar o‘rtasida kelib chiqadigan turli nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, hissiyotlarga berilmaslik va har qanday vaziyatda qonun doirasida ish tutish lozimligi ta'kidlandi.