Toshkent filialida kechki ta'lim shakli bitiruvchi talabalariga diplom topshirish va forum g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Toshkent filialida kechki ta'lim shakli bitiruvchi talabalariga diplom topshirish va forum g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

 Tadbirda bir necha yil davomida tahsil olib, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishgan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Shu bilan birga, tantana doirasida yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan V Respublika yoshlar forumi hamda Respublika fan olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, filial sharafini munosib himoya qilgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindor talabalarga universitet hamda filial rahbariyatining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu tadbir nafaqat bitiruvchilar uchun xayrlashuv pallasi, balki intiluvchan va iqtidorli yoshlar uchun yangi muvaffaqiyatlar poydevori bo‘lib xizmat qildi. Zero, ilm va yuksak natijalarga intilish filial jamoasining asosiy maqsadidir.


Foydali manzillar