Bo‘lajak mutaxassislar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi

Bo‘lajak mutaxassislar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi

Filialda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar” kafedrasi assistenti M.Aslonova rahbarligida talabalar uchun navbatdagi amaliy dars tashkil etildi.

Veterinariya-sanitariya ekspertizasi yo‘nalishi hamda Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida joylashgan kafedraning laboratoriyasida o‘tkazildi. 

Talabalar institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari va olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Soha mutaxassislari baliqchilikdagi dolzarb muammolar, kasalliklarni tashxislashning zamonaviy usullari va istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berishdi.


Foydali manzillar