Toshkent filiali Polsha universiteti bilan hamkorlikni boshladi

Toshkent filiali Polsha universiteti bilan hamkorlikni boshladi

Joriy yilning 13-14 aprel kunlari Samarqand shahrida nufuzli xalqaro tadbirlar — “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tibbiyot va texnologiyalar kongressi”, “O‘zbekiston va Polsha III-Rektorlar forumi” bo‘lib o‘tdi.Toshkent filiali o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Eshmatov ishtirok etdi.

Polsha Respublikasining nufuzli Krakov qishloq xo‘jaligi universiteti (University of Agriculture in Krakow) vakillari: hamkorlik bo‘yicha prorektor Andjey Sexman hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Dominika Dankievich bilan ikki tomonlama anglashinuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum filial talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda o‘zaro akademik almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi, eng muhimi, talabalar o‘z amaliyotlarini Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi


Foydali manzillar