- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filial direktori Yuldashov Nurbek Ergashovich joriy yilning 11-aprel kuni filial hududida qurilayotgan, 400 o‘ringa mo‘ljallangan “Talabalar turar joyi” obyektiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishilib, obyektning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ul xodimlar va pudratchi tashkilot vakillari bilan qurilishning borishi, bajarilgan ishlar hajmi hamda mavjud masalalar yuzasidan atroflicha suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Talabalar uchun yaratilayotgan ushbu turar joyning zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tashrif yakunida mas’ullarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan aytib o'tildi.