"G‘oya - amaliyot - natija" shiori ostida o‘tkazilgan startap loyihalar tanlovining respublika bosqichida filialimiz talabalari munosib ishtirok etdi.

"G‘oya - amaliyot - natija" shiori ostida o‘tkazilgan startap loyihalar tanlovining respublika bosqichida filialimiz talabalari munosib ishtirok etdi.

 Respublika yoshlar forumi hamda Respublika fan olimpiadasi doirasida "G‘oya - amaliyot - natija" shiori ostida o‘tkazilgan startap loyihalar tanlovining respublika bosqichida filialimiz talabalari munosib ishtirok etdi.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar orasida innovatsion va ilmiy-amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Faxr bilan ma’lum qilamiz:

1-o‘rin — filialimiz talabasi Olimjonov Muzaffar tomonidan qo‘lga kiritildi!

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z startap loyihalarini taqdim etib, ularning ilmiy asoslanganligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha baholandi.

G‘olibimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Filialimiz yoshlarining bunday yutuqlari — ertangi kunimiz poydevoridir!


Foydali manzillar