Iqtisodiyot fakulteti talabalari jamoaviy ishlashning iqtisodiy samaradorligini amalda o‘rgandilar

Iqtisodiyot fakulteti talabalari jamoaviy ishlashning iqtisodiy samaradorligini amalda o‘rgandilar

Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik” fanidan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot “Jamoa bo‘lib ishlashning iqtisodiy samaradorligi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayoni an’anaviy usullardan farqli ravishda, interaktiv o‘yinlar va jamoaviy bahs shaklida tashkil etildi. Talabalar ikki jamoaga bo‘lingan holda, o‘zaro bilim va chaqqonlikda bellashdilar. Mashg‘ulot davomida “Krossvord” hamda “Sharni stakanga tushirish” kabi mantiqiy va harakatli o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu metodlar orqali talabalarda jamoada mas’uliyatni his qilish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va umumiy maqsad yo‘lida birlashish ko‘nikmalari shakllantirildi.

O‘yin shartlariga ko‘ra, imkoniyatni boy bergan jamoaga fan doirasidagi murakkab savollar berish orqali “jarima” qo‘llanildi. 


Foydali manzillar