- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali hamda "Alpha Professional Talim" NTM o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Kuni kecha "Alpha Professional Talim" NTM talabalari ishtirokida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda “Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Qulmatov ishtirok etib, "Amir Temurning hayoti, davlatchilik faoliyati va jahon tarixida tutgan o'rni" mavzusida ilmiy asoslangan ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi sohibqironning markazlashgan kuchli davlat barpo etishdagi jasorati, adolat tamoyillariga asoslangan boshqaruvi va dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.