“G‘oyadan – muvaffaqiyat sari” shiori ostida startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi

“G‘oyadan – muvaffaqiyat sari” shiori ostida startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi

Filialda iqtidorli talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “G‘oyadan – muvaffaqiyat sari” shiori ostida startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar orasida ilmiy-amaliy loyihalarni ommalashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak uchun istiqbolli va innovatsion g‘oyalarni aniqlashdan iborat. Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining ishlanmalarini taqdim etib, loyihalarning ilmiy asoslanganligi, dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholandilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar joriy yilning 8-9-aprel kunlari Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli “Yoshlar forumi”da ishtirok etish yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.


Foydali manzillar