Filialda ilm-fanni xalqaro darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

Filialda ilm-fanni xalqaro darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

“Xalqaro naukometrik ma’lumotlar bazalarining ahamiyati, maqola va jurnallarni baholashdagi o‘rni hamda ulardan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish hamda ularning tadqiqotlarini jahon ilm-fan hamjamiyatiga integratsiya qilishdan iborat bo‘ldi. Seminarda Scopus, Web of Science hamda Google Scholar kabi dunyoga mashhur naukometrik platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. 

Ishtirokchilarga ilmiy maqolalarni nufuzli, yuqori impakt-faktorli jurnallarda chop ettirish strategiyalari, "yirtqich" (predatory) jurnallardan himoyalanish, naukometrik ko‘rsatkichlar (h-indeks, i10-indeks) va muallif profillarini (ORCID, Scopus ID) tizimli yuritish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.


Foydali manzillar