Bitiruvchilar uchun magistratura bosqichida xalqaro ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi

Bitiruvchilar uchun magistratura bosqichida xalqaro ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida bitiruvchi bosqich talabalari uchun navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarning o‘qishni keyingi bosqichda — Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filialida davom ettirishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda filialning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bitiruvchilarga magistratura bosqichiga qabul tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan sharoitlar bo'yicha ma'lumot berdi. 

Muloqot davomida xalqaro standartlar asosida bilim olishning afzalliklari, nufuzli universitet diplomiga ega bo‘lish imkoniyatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.


Foydali manzillar