- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida magistratura bosqichi talabalarining ilmiy-tadqiqot va pedagogik amaliyotlari yakuniga yetmoqda. Kuni kecha magistratura 2-bosqichining quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar o‘z amaliyot hisobotlarini topshirdilar:
- Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi;
– Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari.
Hisobot topshirish jarayonida magistrantlar amaliyot davomida olib borgan ilmiy izlanishlari, laboratoriya tahlillari va ishlab chiqarish korxonalarida o‘rgangan tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Maxsus komissiya a’zolari tomonidan har bir magistrantning amaliyot natijalari tahlil qilinib, tegishli tartibda baholandi.