Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Ochiq muloqotda hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Ochiq muloqotda hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi

 Filialda talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni qiynayotgan masalalarga birgalikda yechim topish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda filial direktori N. Yuldashov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar va talabalarning ijtimoiy himoyasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Muloqot davomida talabalar o‘quv hamda amaliyot jarayonlari, innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar bilan murojaat qildilar.

Bildirilgan har bir taklif va muammo yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbariyat va talabalar o‘rtasidagi masofani yaqinlashtirishga hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.


Foydali manzillar