- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Oliy taʼlim muassasalarida “Halollik madaniyati”ni tizimli shakllantirish va mustahkamlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Veterinariya meditsinasi fakultetida “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” va “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mas'ul hodimlar, talaba - yoshlar ishtirok etdi. Taʼlim muassasalarida halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish hamda o‘quv-tarbiya jarayoniga halollik g‘oyalarini singdirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Bu kabi uchrashuvlar ta'lim muassasida axloqiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, xodimlarning korrupsiyaga qarshi immunitetini oshirish va kelajak avlodni halol va vijdonli mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamdir.