Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Talabalar davlat tashxis markazi faoliyati bilan tanishdi

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Talabalar davlat tashxis markazi faoliyati bilan tanishdi

Veterinariya-sanitariya ekspertizasi yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun navbatdagi amaliy dars tashkil etildi.
Talabalar “Veterinariya-sanitariya ekspertizasi” hamda “Veterinariya ishini tashkil etish” fanlari doirasida Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga tashrif buyurdi.

 O‘quv amaliyoti davomida bo‘lajak mutaxassislar markazning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, Kimyo-toksikologiya va boshqa ixtisoslashgan bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarga zamonaviy laboratoriya jihozlarida tahlillar o‘tkazish tartibi, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashdagi davlat nazorati va sohadagi me’yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonlari tushuntirildi.