Xotira — muqaddas: Talabalar qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etishdi

Xotira — muqaddas: Talabalar qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etishdi

 Talaba-yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif tashkil etildi.

 Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan millat fidoiylari, xususan, jadid bobolarimizning hayoti va ayanchli taqdiri haqida so‘zlab berildi. Muzey eksponatlari, o‘sha davrning noyob fotosuratlari va arxiv hujjatlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Muzeydagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasini ham ko‘zdan kechirib, ajdodlarimiz pok ruhiga ehtirom bajo keltirdilar. Bunday tashriflar yoshlar qalbida bugungi tinch va osuda kunlarning qadriga yetish hamda mustaqillik ne’matini asrab-avaylash tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Foydali manzillar