- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Veterinariya meditsinasi fakultetida xotin-qizlarning salomatligini muhofaza qilish hamda ijtimoiy mas’uliyatini oshirish maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir “Xotin-qizlar orasida turli kasalliklarning oldini olish” va “Birga hayotni saqlaymiz” mavzulariga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda talaba-qizlarga ayollar salomatligi, xususan, keng tarqalgan kasalliklarning barvaqt oldini olish, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Profilaktik ko‘riklarning ahamiyati va o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida beminnat yordam ko‘rsatish ramzi bo‘lgan donorlikning ahamiyati muhokama qilindi. “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida qon donorligining inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni, donorlikning salomatlik uchun foydalari va bu xayrli ishning ma’naviy ahamiyati tushuntirildi.