“Osh chempionati”: Milliy taomlar va mahorat bellashuvi

“Osh chempionati”: Milliy taomlar va mahorat bellashuvi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni e’zozlash, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda oshpazlik mahoratini namoyish etish maqsadida “Osh chempionati” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Har bir jamoa o‘ziga xos uslubda, milliy an’analarga amal qilgan holda palov tayyorlash jarayonini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati taomning ta’mi, masalliqlarning to‘g‘ri tanlangani, bezatilishi (dasturxon tuzalishi) hamda oshpazlarning ozodalik qoidalariga rioya qilishiga alohida e’tibor qaratdi.

Mana shunday azaliy qadriyatlar talabalar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat va milliy taomlarimizga bo‘lgan qiziqish yanada ortishiga sabab bo'ladi. Tanlov ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.


Foydali manzillar