- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Veterinariya meditsinasi fakulteti mas'ullari tomonidan talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga ijodiy tashrif tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari, buyuk mutafakkir va shoirlarning hayoti hamda ijodi bilan yaqindan tanishdilar, ajdodlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdilar. Shuningdek, tashrif davomida adiblarimizning qalamiga mansub she’r va g‘azallardan namunalar o‘qilib, adabiy mushoira tashkil etildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini, balki badiiy savodxonligi va vatanparvarlik tuyg‘ularini ham yuksaltirishga xizmat qiladi. Tashrif barcha ishtirokchilarda taassurot qoldirdi.