- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
“Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi tomonidan o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan “Jamol ota” fermer xo‘jaligida kafedra filiali tashkil etildi.
Chorvachilik sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalarni real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishtirish hamda nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini yaratadi.
Magistratura bosqichi talabalari uchun “Mayda hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va terapiyasi” fanidan amaliy va seminar mashg‘ulotlari tashkil etilgan bo‘lib, unda hayvonlarni klinik tekshirish, kasalliklarni aniqlash,davolash usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirilmoqda. “Ichki yuqumsiz kasalliklar” fanidan darslar olib borilib, hayvonlarda uchraydigan yuqumsiz kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, bo‘yicha amaliy bilimlar berilmoqda.