Kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi

Kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi

Filialida iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda. Xususan, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Kimyo fanidan olimpiadaning filial bosqichi o‘tkazildi.

Filialning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan, kimyo faniga qiziquvchi iqtidorli talabalar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Olimpiada jarayonlari shaffoflik va adolat mezonlari asosida tashkil etilib, unda talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash va masalalar yechish qobiliyatlari ham sinovdan o‘tkazildi.

Natijalarga ko'ra :
1-o'rin - Nortosheva Elmira - biotexnologiya yo'nalishi 
2-o'rin - Sadikova Ruxshona- biotexnologiya yo'nalishi
3-o'rin - Aslonova Robiya - zooinjeneriya yo'nalishi talabasi


Foydali manzillar