Navro‘z shukuhi: Milliy qadriyatlar va an’analar tarannumi

Navro‘z shukuhi: Milliy qadriyatlar va an’analar tarannumi

Sharqona yangi yil — Navro‘zi olam munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. “Assalom, Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat ayyomi!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Filial direktori N. Yuldashov jamoani bayram bilan qutlar ekan, Navro‘zning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Doshoqozonlarda pishirilgan sumalak va bahoriy ne’matlar ulashilgan ushbu bayram barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Bayram dasturi xalqimizning ko‘hna an’analariga boy tarzda tashkil etildi. Fakultetlar o‘rtasida milliy taomlar ko‘rgazmasi, shuningdek, milliy sport o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan milliy raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. 


Foydali manzillar