Talaba-qizlar uchun innovatsion imkoniyat: “Ilmdan biznesgacha” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Talaba-qizlar uchun innovatsion imkoniyat: “Ilmdan biznesgacha” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim muassasalaridagi talaba-ayollarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida muhim tadbir tashkil etildi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Ilmdan biznesgacha” mavzusida loyihalarni tijoratlashtirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treningda filial talaba-qizlari ham faol ishtirok etishdi. Ekspert va mutaxassislar ishtirokida o‘tgan mashg‘ulotlarda ilmiy g‘oyalarni qanday qilib daromadli biznes loyihasiga aylantirish, startap loyihalarni shakllantirish va investitsiyalarni jalb qilish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida talabalar “INNO” texnoparki faoliyati, u yerdagi zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. 


Foydali manzillar