Xalqaro hamkorlik istiqbollari: Germaniyaning DEULA-Nienburg markazi vakillari Toshkent filialida bo‘lishdi

Xalqaro hamkorlik istiqbollari: Germaniyaning DEULA-Nienburg markazi vakillari Toshkent filialida bo‘lishdi

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Germaniyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri — DEULA-Nienburg xalqaro o‘quv va malaka oshirish markazi vakillari tashrif buyurdi.

Markazning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Aleksandr Jarov hamda markazining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Pulat Uteniyazov ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqot tashkil etildi.  Zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari turdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Germaniyada malaka oshirish hamda tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.


Foydali manzillar