- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida — Navro‘zi olam ko‘tarinki ruhda nishonlandi. “Assalom, Navro‘z — yangilanish va mehr-oqibat ayyomi!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz keng namoyon bo‘ldi.
Ushbu go‘zal an’ana nafaqat bayram shukuhini oshirdi, balki yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash va ajdodlarimizdan qolgan bebaho xazinani e’zozlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Milliy liboslar jilosi Navro‘zning bahoriy tarovati bilan uyg‘unlashib, barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbir yuqori saviyada o‘tdi. Talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilib, jamoada o‘zaro hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlandi. Milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va qiziqish ortdi.