- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 25–27-mart kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 21-Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko'rgazmada filial talabalari ham faol ishtirok etishdi.
“AgroWorld Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi mamlakatimiz agrar sektori uchun eng yirik maydonlardan biri bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligi texnikalari, zamonaviy uskunalar, innovatsion texnologiyalar hamda veterinariya va chorvachilik sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar namoyish etildi.
Talabalar ko‘rgazma davomida xalqaro ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan yangi veterinariya preparatlari, chorvachilik komplekslari uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va ozuqa tayyorlash texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.