Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Ochiq muloqotda muhim masalalar muhokama qilindi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Ochiq muloqotda muhim masalalar muhokama qilindi

Veterinariya meditsinasi fakultetida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda filial direktori N.Yuldashev so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Talabalar o‘quv jarayoni, talabalar turar joyidagi sharoitlar, to‘lov-kontrakt imtiyozlari hamda startap g'oyalarni rivojlantirish, ilmiy-ijodiy faoliyat bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Muloqot yakunida talabalar tomonidan bildirilgan asosiy takliflar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar rahbariyat va talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.