Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqasining filial bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada fakultet talabalari o‘zaro kuch sinashdi. Bahslar murosasiz, qiziqarli va sport ruhida o‘tdi.Murosasiz va hayajonli lahzalarga boy o‘tgan bahslarda talabalar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini, balki jamoaviy ahillik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyish etishdi. 

Bu kabi sport tadbirlari yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.