- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida fundamental fanlarni chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. "Texnologiyalar" fakulteti "Biotexnologiya" yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun "Umumiy va noorganik kimyo" fanidan navbatdagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot "Azotning tabiatda aylanishida mikroorganizmlarning roli" mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida talabalar azotning tabiatda aylanishida mikroorganizmlarning ahamiyati, ammonifikatsiya, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlari bilan va ularni amalga oshiruvchi mikroorganizmlar bilan tanishib ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo'ldilar.