Iqtisodiyot fakulteti talabalarining yashash sharoitlari va xavfsizligi doimiy nazoratda

Iqtisodiyot fakulteti talabalarining yashash sharoitlari va xavfsizligi doimiy nazoratda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti mas'ullari va tyutorlari tomonidan talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganlari hamda ularning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda.

Talabalarning ijara xonadonlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida xonalarning sanitariya holati, dars tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar 
ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbatlashilib, talabalarning odob-axloqi va tartib-intizomi haqida fikr almashildi. Bunday o‘rganishlar talabalarni turli noxush holatlardan asrash va ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Foydali manzillar