Filialda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda

Filialda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Talabalar ligasi" doirasida sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa dasturidan futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka va stol tennisi, yugurish kabi sport turlari o‘rin oldi. Fakultetlararo kechgan murosasiz bahslarda talabalar nafaqat o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini, balki jamoaviy birdamlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqlarini ham namoyish etishmoqda. 

Bu kabi sport o‘yinlari yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ularning o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda