Navro‘z — sharqona yangi yil, mehr-oqibat va hamjihatlik bayrami. Yangilanish va yasharish ayyomi!

Navro‘z — sharqona yangi yil, mehr-oqibat va hamjihatlik bayrami. Yangilanish va yasharish ayyomi!

Insoniyatning eng qadimiy va o‘lmas bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘zi olam yana yurtimizga kirib keldi. Bu bayram tabiatning uyg‘onishi, borliqning qayta tirilishi va qalblardagi pokiza niyatlarning ramzidir. O‘zining ko‘hna an’analari, sumalak sayillari va ezgu qadriyatlari bilan har bir xonadonga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka olib keladi. Bu kunlarda keksalarni yo‘qlash, muhtojlarga yordam berish va atrofni obod qilish kabi bo‘y-bastimizga singib ketgan odatlarimiz yanada yorqin namoyon bo‘ladi. 

 Navro‘z bizning milliy qadriyatlarimiz, insonparvarlik va hamjihatlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan, saxovat va muruvvat, mehr-oqibat, do‘stlik va totuvlikni ulug‘lovchi bayramdir. 

Navro‘z — shunchaki yilboshi emas, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik bayramidir. Bu kunlarda keksalarning duosi olinadi.