"Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar mas'ullar nazoratida"

"Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar mas'ullar nazoratida"

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talabalarning nafaqat dars jarayonlari, balki ularning bo‘sh vaqtlari hamda yashash sharoitlari doimiy nazoratga olingan. 

Uchrashuvlarda talabalarning yashash sharoitlari, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimlarining sozligi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini o‘rgandilar. Shuningdek, talabalar bilan isitish moslamalaridan va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, turli xavf - xatarlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Mas'ullar nafaqat sharoitlarni tekshirmoqdalar, balki talabalarning ijara xonadonlaridagi ma’naviy-axloqiy muhiti, dars tayyorlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham qiziqmoqdalar. Bu kabi tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash va ularni turli noxush holatlardan asrashda muhim ahamiyatga ega.