Ochiq muloqotda o‘quv jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Ochiq muloqotda o‘quv jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Filialda “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar davom etmoqda. Filialning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning o‘quv jarayoniga oid fikr va mulohazalarini tinglash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yoshlarning takliflarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Muloqot davomida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bugungi kunda filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kredit-modul tizimidagi yangiliklar va xalqaro hamkorlik doirasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ham bildirdilar.


Foydali manzillar