- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Xalqimizning azaliy qadriyati bo‘lgan hashar — birdamlik, hamjihatlik va mahalla-ko‘yning obodligi ramzi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ham “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.
Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar faol ishtirok etdilar. Hashar doirasida oliygoh hududi va unga tutash joylar chiqindilardan tozalandi, ariq-zovurlar tartibga keltirildi. Ayniqsa, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarga shakl berish, ularni oqlash hamda yangi gul ko‘chatlarini ekish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar nafaqat oliygoh hududining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shadi, balki atrof-muhitni obodligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.