Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari malakaviy imtihonlarni topshirish uchun hududlarga yetib bordi

Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari malakaviy imtihonlarni topshirish uchun hududlarga yetib bordi

Filialda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini baholashning mas’uliyatli bosqichi boshlandi. 

 Veterinariya meditsinasi fakultetining 3- va 4-bosqich talabalari o‘quv rejasida belgilangan malakaviy imtihonlarni topshirish maqsadida respublikamizning turli hududlaridagi veterinariya klinikalari, chorvachilik komplekslari va laboratoriyalarga yetib bordilar. Mazkur imtihonlar talabalarning o‘tgan davr mobaynida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qanchalik qo‘llay olishlarini sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi.

Filial rahbariyati va professor-o‘qituvchilari talabalarning joylardagi faoliyatini muvofiqlashtirib, imtihon jarayonlarining yuqori saviyada o‘tishini ta’minlamoqdalar. Bu bosqich talabalarning bitiruv oldi malakasini aniqlashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.


Foydali manzillar