Talabalar "Zangi ota" ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

Talabalar "Zangi ota" ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

“Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi G.Kalandarova boshchiligida 23-18 guruh talabalari "Zangi ota" ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

Mazkur majmua — XIV asrda yashagan mashhur avliyo Zangi Otaning qabri joylashgan muqaddas maskan hisoblanadi. 

 Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan bo‘lib, asrlar davomida el orasida hurmat-izzat qozongan, orzu-niyatlar ro‘yob topadigan joy sifatida tanilgan. Zangiota insonlarga sabr, toqat, halollik va poklikni targ‘ib qilgan.

Majmua hududida Zangiota va uning umr yo‘ldoshi Bibihonim maqbaralari, masjid, darvoza minoralari va boshqa me’moriy inshootlar joylashgan.

Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, tarixiy obidalar, madaniy maskanlarga tashrifi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu tashrif yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


Foydali manzillar