Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi: mahorat darsi o‘tkazildi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi: mahorat darsi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik amalga oshirilmoqda. 

 “Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar yetishtirish” kafedrasi dotsenti A.Tursunqulova tomonidan - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi” kafedrasida “Dehqonchilik asoslari” fanidan “Begona o‘tlarning dehqonchilikda keltiradigan zarari” mavzusida ochiq seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida begona o‘tlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga salbiy ta’siri, ularga qarshi kurashning zamonaviy va ekologik xavfsiz usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Interaktiv usulda o‘tgan mashg‘ulotda talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Foydali manzillar